O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Asosiy vazifa - bolalar salomatligini saqlash va qulay sharoitlarni yaratish

9.12.2023 1142

Oldin xabar berganimizdek, qish fasli oldidan Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari harbiy xizmatchilari va xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi xizmati hududiy bo‘linmalari, elektr tarmoqlari, issiqlik va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan birgalikda oilaviy bolalar uylarining qishga tayyorligi tekshirilgan edi.

Shu bilan birga, hozirda isitish tizimlari va uskunalari, elektr simlari, gaz quvurlari holati tekshirildi. Generatorlar, o‘choq uskunalari va maishiy isitish elektr jihozlarining xizmat ko‘rsatish holati va funksionalligi o‘rganildi. Aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, is gazi bilan bog‘liq yong‘in va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida bolalar va ota-onalar bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar nima uchun nosoz isitish moslamalarini ishlatish xavfli ekanligini, elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv va yong‘in qanday sodir bo‘lishi, uglerod oksidi nima ekanligini va uglerod oksidi zaharlanishidan qanday himoya qilish, uy va oilangizni qanday himoya qilish kerakligini tushuntirib berilmoqda. Sovuq kunlarda yong‘in bilan bog‘liq baxtsizliklardan ehtiyot bo‘lish hamda elektr tarmog‘idagi yuklama ortib borgani sari ko‘proq gaz va issiqlik isteʼmol qilinishi haqidagi zaruriy maʼlumotlar, tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, oilaviy bolalar uylariga tashriflar chog‘ida hal etilayotgan yana bir muhim masala – bolalarni qishki kiyim-kechak va poyafzal bilan taʼminlash. Zarur bo‘lganda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalari, malakali tibbiy yordam olish va dori-darmonlarni sotib olishda yordam ko‘rsatish.

Keng ko‘lamli ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar salomatligini asrash, oilaviy bolalar uylarida qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni ko‘rishdan iborat.

Suratlarda: Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi xonadonlarda qishga tayyorgarlikni tekshirish ishlari olib borilmoqda.