18 yosh ostonasida turgan tarbiyalanuvchilar ishtirokida mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar davomida yoshlar uyni ozoda saqlash, uy-jihozlarni taʼmirlash, mablag‘larni to‘g‘ri sarflash, uy-joy uchun qanday kommunal to‘lovlarni amalga oshirish, qo‘shnilar bilan yaqin munosabatlarni qanday o‘rnatish kerakligi bo‘yicha ko‘nikma hamda saboqlar olishmoqda.
Xususan, Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyida o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan birida bolalar osh va pissa pishirishni o‘rgandilar. Shu bilan bir qatorda, o‘g‘il bolalar ham osh uchun sabzi to‘g‘rash, pissa uchun xamirni tayyorlab masalliqlarni to‘g‘ri taqsimlash va h.k.o. larni o‘rgatishlarini so‘rashdi.
O‘zlashtirilayotgan bilimlar kelgusida tarbiyalanuvchilar Mehribonlik uyini tark etib, mustaqil hayotga qadam qo‘yishganida asqotishi shubhasiz.