O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida tushuncha berildi // Respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda “Mehr daftari” tizimining ishlash tartibi va tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda // Milliy gvardiya va FVV yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlari oilaviy bolalar uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirmoqda //Sogʻliqni saqlash-ustuvor vazifa: oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtadilar / / Buxoroda oilaviy bolalar uylardagi tarbiyalanuvchilar teatrga tashrif buyurishdi / / hududlarda mehr daftari tizimining tartibi va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv seminarlari davom etmoqda / / Oilaviy bolalar uylari farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi // 22 sonli “Mehribonlik” uyida “Avtomobilsiz kun: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilamiz va ekologiyani asraymiz” nomli aksiya bo‘lib o‘tdi // Oliy Majlis senatori samarqandlik Raximovlar oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi //Toshkent 22-sonli “Mehribonlik” uyidagi har bir bola o‘ziga yarasha iqtidorli / / “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda 

Gvardiyachilar bilan uchrashuv bolalar uchun quvonchli o‘tdi. Bolalar harbiy xizmat bilan birga ot sporti hamda tog‘ga chiqish to‘g‘risida qiziqarli maʼlumotlarga ham ega bo‘lishdi

8.11.2023 195

Xiva shahridagi 18-sonli maktabda tahsil olayotgan oilaviy bolalar uylari farzandlari uchun Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan qiziqarli tadbir uyushtirildi. Tadbirdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodning sportga va eng muhimi Vatan himoyachisi kasbiga qiziqishini oshirishdan iborat.

Tadbirda gvardiyachilar bolalarga jismoniy va tog‘ mashg‘ulotlarining qanday bajarilishi, qurol-yaroq va eng kerakli anjom-aslahalar haqida maʼlumot berishdi hamda tog‘ga ko‘tarilish va xafvsizlik qoidalarini birma-bir tushuntirishdi.

Shundan so‘ng o‘quvchilarga kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazilib, faol ishtirok etgan bolalarga esdalik sovg‘alari berildi.

Tadbirning ikkinchi kunida esa, oilaviy bolalar uylari farzandlari Otchopar maydoniga taklif etildi. Bu yerda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi mutaxassislari ot sportining tarixi va mamlakatimizdagi rivoji to‘g‘risida bolalarga gapirib berishdi. Tadbiring eng diqqatga sazovor joyi esa, ot minish bo‘yicha mahorat darsi bo‘ldi. Dars davomida bolalar zavq va hayajon bilan otlarga minib ko‘rishdi.