Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Mgvardiyachilarning oila a’zolariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi. Xususan, Buxoro viloyatida joylashgan “Varnet” botanika bog‘iga gvardiyachilarning oila a’zolari uchun sayohat uyushtirildi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, ularning dam olishlari va madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, farzandlar hamda ota-onalar uchun unutilmas taassurotlar hadya etdi. Sayohat davomida mehmonlar tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishdi, bolajonlar uchun esa qiziqarli o‘yinlar va ma'rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.