Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi, “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markazi hamda “Eriyell” va “Enter Engineering” kompaniyalari hamkorligida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga viloyatimizdagi vasiylik va homiylikka olingan bolalar, Oilaviy bolalar uylari hamda “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qandli diabet kasalligiga chalingan bolalar va ularning yaqinlari taklif qilindi.