Respublikaning barcha viloyatlarida “Mehrbonlik uy”larining tarbiyalanuvchilarini oila muhitida tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimiga oʻtish yuzasidan joylarda oilaviy bolalar uylari tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Qashqadaryo viloyati Koson va Muborak tumanlarida ham ana shunday yangidan tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uyi” bolalarining yashash turmush tarzi va ulardagi shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi xodimlari ushbu xonadonlarga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida, bolajonlarning taklif va muammolari atroflicha oʻrganilib, ular bilan dildan suhbat qurildi. Bolajonlar uchun tuhfa etilgan sovgʻa-salomlar ularga bir olam quvonch bagʻishladi.
Albatta, murgʻak qalblarga koʻrsatilayotgan bu kabi eʼtibor, bolajonlarning ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada oshishiga xizmat qiladi.