Senator Manzura Salimova Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi Aminovlar hamda Zokirovlar oilasi xonadoniga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar, bolajonlarning ruhiy holati va yaqinlariga munosabati bilan yaqindan tanishdi.Do‘stona muloqot davomida ota-onalari bilan ham suhbatlashib, ularga mutasaddi tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda ko‘mak berilishi bildirildi. Shu bilan bir qatorda, bolalarning ovqatlanish rasioni, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.