Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tomonidan harbiy qismda ochiq eshik kuni boʻlib oʻtdi. Tadbirda Olmazor tumanidagi 326-sonli maktab hamda Shayxontohur tumanidagi 276-sonli maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
O‘quvchilar harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, jangovar texnika va qurollar bilan tanishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan kinologiya xizmat itlarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.