Bolajonlar orziqib kutgan yozgi taʼtil ham boshlandi. Yozgi taʼtilda bolalarning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘ladi. Ularni nazoratsiz qoldirmaslik, foydali mashg‘ulotga jalb etish muhim masala. Shu maqsadda, Chilonzor tuman yoshlari va 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Milliy gvardiyaning harbiy qismida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Dastlab mehmonlarga turli ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shundan so‘ng, bolajonlarni kamondan otish va ot sportiga qiziqtirish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi. Qizg‘in tarzda o‘tgan mazkur tadbir albatta bolajonlarning yorqin xotirasiga muhrlanishiga ishonamiz.