Farg‘ona viloyati Yozyavon tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy xonadonlari kalitlari “Mehribonlik” uyining sobiq bitiruvchilariga topshirildi. “Mehribonlik” uyining sobiq tarbiyalanuvchilari bo‘lgan aka-uka Hasan va Husan Muhiddinovlar Toshkent davlat texnika universitetining so‘nggi bosqichida tahsil olishmoqda. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Anvarjon Musinov uy egalariga kalitlarni hamda Milliy gvardiya nomidan sovg‘alarni topshirib, iliq tilaklar bildirdi.