Tuman hokimi Jamshid Sharopov boshchiligidagi sektor rahbarlari Ramazon hayiti oldidan Chandir mahallasi, Chahdir qishlog'ida joylashgan 4-son Oilaviy bolalar uyiga borib, bu yerda tarbiyalanuvchi bolalar holidan xabar oldilar.
Ularga quvonch ulashish maqsadida tumandagi Shofirkon savdo kompleksidan bolalar tanloviga ko‘ra ularga kiyim-kechak olib berildi. Quvonarlisi, savdo kompleksida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan ham bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi.
J. Sharopov tarbiyalanuvchilarni ulug‘ ayyom Ramazon hayiti bilan qutlab, samimiy tilaklarni tiladi. Oilaviy bolalar uyidagi shart-sharoitni ko‘zdan kechirish mobaynida ularga oziq-ovqat mahsulotlari ham taqdim etildi.