O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shaharda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday xayrli ishlardan biri Kogon shahar hokimligi va Buxoro viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Shahrimizda Mehr daftariga jami 21 nafar o‘g‘il-qizlar kiritilgan bo‘lib, ulardan 3 nafariga bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari va orzu istaklarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.