Tadbir davomida gapirish va eshitish kabi neʼmatlardan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar uchun harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi hamda ular haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng, Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘quvchilarga kamondan otishning asosiy qoidalari va texnikalari haqida tushuncha berib, amalda bajarish ko‘nikmalarini o‘rgatdilar. Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining merganlik mahoratlarini namoyish etish bilan birga, sportning ushbu turidan katta zavq olishdi.
Tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan birga, ularda sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi. Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularni kelajakda professional sportga yo‘naltirish uchun muhim qadam sifatida baholandi.