Bugun, Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Elamanov, shahar prokurori X.Mamatqulov, hokim o‘rinbosari K.Ashurov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Termiz shahar bo‘yicha vakili birgalikda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan shahrimizdagi Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi.
Tarbiyalanuvchilar uchun olib kelingan badiiy adabiyotlar to‘plami hamda samimiy suhbat va bayram tilaklari ularning qalbida o‘chmas iz oldirdi.
Shuningdek, rahbarlar hozirgi kunda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, hech kim hech qachon mehr va eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidlab o‘tishdi.