Ilgari Bolalar shaharchalari va mehribonlik uylarida birga ulg‘aygan, hozir esa oilaviy mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar bir-birini sog‘inishlari – bu tabiiy hol. Hamkorlikdagi tadbirlarga taklif - bu oilaviy oqshomlarning qulayligini orzu qilgan joyda birga bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois Xiva Bolalar shaharchasi rahbariyati, Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari imkon qadar tez-tez tadbirlar o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Bu kabi quvnoq tadbirlarda sobiq tarbiyalanuvchilar yangi ota-onalari bilan ishtirok etishadi.
Xususan, birgalikda qilingan jismoniy tarbiya darslari qiziqarli tarzda o‘tadi albatta. Shu bilan bir qatorda o‘tkaziladigan pazandalik tanlovlarida bolalar shaharchasining kechagi o‘quvchilari yangi oilasida o‘rgangan narsalarini mehr bilan tayyorlab berishadi.