Yangi turmush mahallasida joylashgan 1-sonli Oilaviy bolalar uyida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar bolajonlar ota-ona mehridan bahramand bo‘lib voyaga yetmoqda.
Tuman rahbari Q.Mardonov bolalarni o‘z bag‘riga olgan Hoshimovlar oilasi bilan yaqindan tanishib, bolajonlar bilan dildan suhbatlashdi. Shuningdek, ularning qiziqishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Samimiy suhbatdan so‘ng, tuman hokimligining sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi.