Urganch shahridagi Ogahiy nomli viloyat musiqali va drama teatrida Xorazm viloyati xokimligi hamda viloyat Milliy gvardiya va Xalq taʼlimi boshqarmalari hamkorligida Yangi yil bayrami tashkil etildi. Tadbirda viloyatda tashkil qilingan jami 13 ta Oilaviy bolalar uylari va SOS Bolalar mahallasi Urganch filiali tarbiyalanuvchilari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlaridan iborat jami 366 nafar bolajonlar ishtirok etishdi.Viloyat xokimi F. Ermonov bayramni kirish so‘zi bilan ochib, bolajonlarimizga Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, shundan so‘ng, "Prezident sovg‘asi" o‘z egalariga topshirildi. Dastur ishtirokchisi bo‘lgan yosh avlod bayramda namoyish etilgan betakror tomoshalar, "Yangi yil ertagi", jozibali raqslar va quvnoq lahzalar orqali yangi yil zavqini tuydi.