Xorazm viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Xiva shahar Sog‘liqni saqlash tibbiyot birlashmasi hamkorligida Oilaviy bolalar uyi farzandlari Xiva shahridagi ko‘p tarmoqli poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda bolajonlar 10 ga yaqin mutaxassislar tomonidan tekshirilib, salomatliklari bo‘yicha aniq tashxislarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan yoshlarda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli muolaja ishlari amalga oshirildi.