Buxoro viloyatida yoshlar bilan individual ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha barcha shahar va tumanlarda "Murabbiylarni tayyorlash" qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur o‘quv yig‘inlarida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari ham o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berishdi. Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berilib, kun mavzusiga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida fikr va takliflar almashildi.