Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimi joriy etilgan bo‘lib, mazkur tizim boʻyicha Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat hokimligi tomonidan bolajonlarga amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Shuningdek, balogʻat ostonasiga qadam qoʻyayotgan qizlarning murojaatlari oʻrganilib, ular turli tashkilotlar hamkorligida kasb-hunar toʻgaraklariga oʻqitilmoqda.
Xususan, kuni kecha 21 nafar qizlarning xohish-istaklari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga tikuv mashinasi jamlanmalari taqdim etildi. Kelajakda qizlardan malakali tikuvchilar yetishib chiqib, yana bir hunar egalari boʻlishlariga ishonamiz.