“Sportchi va yoshlar” uchrashuvi doirasida yozgi oromgohda dam olayotgan o‘quvchilar bilan sport sohasida yuksak natijalarga erishgan, Osiyo chempionlari qatoriga kirgan harbiy sportchilar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi, sportchilar esa o‘z tajribalari, g‘alabaga eltgan mehnat va intilish yo‘li haqida samimiy fikrlar bilan bo‘lishishdi.
Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘tkazilgan yana bir muhim tadbir – vatanparvarlik mavzusiga bag‘ishlandi. Unda kunduzgi oromgohlarda ta’tilni o‘tkazayotgan o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida sportning shaxmat- shashka, arqon tortish va stol tennisi turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar tashkil qilindi. Unda faol qatnashgan o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga ko‘maklashish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iboratdir.