Farg‘ona shahridagi 1-sonli Bolalar uyida( hozirda yopilgan) tarbiyalanayotgan 2 nafar chevarasini o‘z vasiyligiga olgan Muxtabar ona bugun tabarruk 86 bahorini qarshiladilar. Shu munosabat ila hamda Navro‘z bayrami bilan tabriklash maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari xonadonga sovg‘a-salomlar bilan tashrif buyurib, qo‘shaloq bayram bilan samimiy qutladilar.