Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi oromgohda yoshlarni sport, IT-texnologiyalari, san'at, ijod, aniq va gumanitar fanlarga bo'lgan qiziqishlari orqali birlashtirish maqsadida tashkil etilgan "Iqtidor" loyihasi muvaffaqiyatli bo`lib o'tdi.
Loyihada Behbutov, Abdullayev va Sattorovlar oilasi farzandlari ham ishtirok etib, ularga ko`proq seminar-treninglar, mahorat darslari, psixologlar bilan suhbatlar manzur bo`ldi. Yoshlar ta'lim sifatini yaxshilash bo'yicha bo`lgan munozaralarda o`z fikrlarini bildirishdi va kattalar singari mas'uliyatni his qilishdi.
Loyihaning ikkinchi kuni “Sport tanani, ruhni va xarakterni tinchlantiradi” shiori ostidagi musobaqalarga bag`ishlandi. Unda oromgohdagi o`g`il-qizlar ishtirokida sportning futbol, voleybol, stol tennisi,shaxmat va "Zakovat" intellektual o‘yinlari bo'yicha do'stlik bellashuvlari bo'lib o'tdi.
Buxorolik yoshlar loyihada o'rgangan bilim va ko`nikmalarini maktabdagi va mahalladagi tengdoshlariga ham o'rgatishga qaror qilishdi.