Mehribonlik uyi va Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bitiruvchilarga motivatsiya berish maqsadida Jizzax viloyatida "Iqtidor" loyihasi tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida Zomin tumanida joylashgan “Zomin” oromgohida 150 nafar Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan 9-11 sinf bitiruvchilari ishtirokida amaliy seminar-trening, master-klasslarga start berildi.
Loyihaning 1-kunida Mehribonlik uyi bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi soʻngi yangiliklar toʻgʻrisida taniqli spikerlar ishtirokida mahorat darslari va malakali psixologlar tomonidan psixolog soatlari oʻtkazildi.
"Iqtidor" loyihasining ikkinchi kunida oromgoh ishtirokchilari uchun stol tennisi, shaxmat, "Zakovat" turniri musobaqalari tashkil etildi.
Malakali psixolog trener Nuriddin Ubaydullayev tomonidan ishtirokchilar uchun qiziqarli seminar-trening tashkillashtirildi.