Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat mudofaa boʻlimi va harbiy prokuraturasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.
Yosh sportchilar bellashuvlar davomida o‘zining chidamliligi, irodasi hamda uddaburonligini namoyon etib, uch daqiqa oralig‘ida raqibiga koʻproq aniq zarba berish, ogʻrituvchi va kurash usullarini qoʻllashi orqali qiziqarli janglarni o‘tkazdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘oliblar va ularning murabbiylari medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.