Termiz shahridagi 2-sonli Oilaviy bolalar uyi o‘g‘il-qizlari xonadon atrofi hamda ko‘cha hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Hovlidagi bo‘sh yerdan unumli foydalangan yoshlar yangi nihol ekib, atrofini bahoriy gullar bilan boyitdi.
Uy ro‘zg‘or yumushlariga ko‘mak berayotgan bolajonlar mehnatidan esa ota-onalarning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lmoqda.
Bayramona shukuh va fayzu baraka bilan boshlangan bu kabi tadbirlar barchaga bahoriy kayfiyat ulashmoqda.