Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan "Ingliz tilini birgalikda o‘rganamiz" shiori ostida to‘garak tashkil etildi. Mazkur to‘garakda 22-sonli Mehribonlik uyining 50 nafar tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etmoqda. Darslar yangi, zamonaviy usullar bo‘yicha, masalan, munozara va suhbat shaklida o‘tkazilib, unda bolalar yangi so‘zlarni, nutq uslublarini osonlik bilan o‘zlashtirmoqda.
Taʼkidlab o‘tish joizki, o‘zlashtirilgan darslar natijasida bolalar bir-birlari bilan ingliz tilida dialoglar tuzib, mustaqil so‘zlay boshladi.