Joriy yilning 7 dekabr sanasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti rahbariyati va Yunusobod tumanidagi 23-sonli mehribonlik uyi rahbariyati hamkorligida "Inson huquqlari - eng oliy qadriyat" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida mehribonlik uyi jamoasi, fakulteti dekan o‘rinbosari va talabalari ishtirok etdilar. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining sovg‘alarini mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga taqdim etdilar. Mehribonlik uyi jamoasi - eʼtibori, mehr-muruvvati va qiziqarli chiqishlari uchun fakulteti rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildirishdi!