O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Inson huquqlari bola huquqlarini taʼminlashdan boshlanadi

23.11.2021 1753

Biz bolajon xalqmiz. Bu bugun yoki kecha shakllangan anʼana emas, balki asrlar davomida bizga meros bo‘lib kelayotgan qadriyatdir. Bu qadriyatlarning tag zamirida bolani eʼzozlash, unga, eng avvalo, inson sifatida muomalada bo‘lish, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari yotadi. Endilikda xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgan bu huquq normalari aslida yurtimizda qadim-qadimdan shakllangan.

1989 yilning 20 noyabr sanasi BMTning "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi Konvensiyasi qabul qilingan kun hisoblanadi. Ushbu Konvensiya inson huquqlari tarixidagi eng muhim hujjatlardan biridir. Zero, mazkur sanadan eʼtiboran, bola huquqlari dunyoning qaysi mintaqasida buzilmasin, uni himoya qilish borasida xalqaro imkoniyat vujudga keldi. Konvensiya bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan birinchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi.

Bizning bolajon xalqimiz bu kunni har yili zo‘r shodiyona, katta tantana bilan kutib oladi, bolalar uchun bayram dasturlari va konsertlar uyushtiriladi. Anʼanaga ko‘ra, shu kuni ko‘plab mamlakatlarda mavzuga doir tadbirlar o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar nafaqat sohadagi yutuqlarni, balki kelajakda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni ham muhokama etadi.

Buxoro shahridagi 32-sonli Mehribonlik uyida viloyat hokimligi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar, xalq taʼlimi va madaniyat boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir ayni ana shu sanaga bag‘ishlandi.

Tadbirda so‘z olganlar bola huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O‘zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirayotoganligini, amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek, ularning himoyasiga alohida eʼtibor berilayotganligini alohida qayd etishdi.

Taʼkidlanganidek, bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada 4 ta asosiy yo‘nalish belgilangan bo‘lib, bular yashash, rivojlanish, himoyalanish hamda bolalarning o‘zlariga bevosita tegishli qaror qabul qilinishida qatnashish huquqlarini taʼminlashni o‘z ichiga oladi. Mazkur yo‘nalishlarda qayd etilgan talablarning barchasiga amal qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlangan. Xususan, bosh qomusimizda ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni taʼminlashi, farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi hamda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, shuningdek, har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, belgilab qo‘yilgan.

Tadbir davomida viloyat hokimligi masʼullari tomonidan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, farzandlarimizning hayoti va sog‘lig‘ini, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

So‘ngra viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, viloyat bolalar musiqa va sanʼat hamda ijod maktablarida tahsil olayotgan ijodkor yoshlarning jo‘rlikda kuylagan kuy-qo‘shiqlari, ijro etilgan jozibali raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir so‘ngida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga tashkilotchilar tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati