Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov boshchiligida viloyat hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Qurilish boshqarmasi va boshqa soha vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
Ushbu tuzilgan ishchi guruhning asosiy vazifasi Mehribonlik uylarini 30 yoshgacha bo‘lgan sobiq bitiruvchilarning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda viloyatdagi noturar va yashash uchun mo‘ljallanmagan, shuningdek, belgilangan sanitariya- texnik tizim talablariga javob bermaydigan joylarda istiqomat qilayotgan bitiruvchilarni aniqlash, ro‘yxatlarini shakllantirish va manzilli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.
Hozirda guruh tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.