Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ko‘pkurash sport turlari fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyida "Insoniylik – oliyjanob fazilat" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar ishtirokida bir qator qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.
Shu bilan bir qatorda, bo‘lajak bekajonlarga pazandachilik sirlarini o‘rgatish maqsadida mazali pishiriqlar tayyorlandi.
Kunning ikkinchi qismida masʼul vakillar tomonidan bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.