Joriy yilning 6 dekabr kuni Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Xalq taʼlimi vazirligiga “Generika” MCHJ tomonidan turli dori-darmon vositalari ko‘rinishidagi insonparvarlik yordami taqdim etildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati ishtirok etib, mazkur dori-darmon vositalari tizimdagi Mehribonlik uylari va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga yetkazilishini maʼlum qilgan holda saxovatli tashkilotga vazirlik tomonidan minnatdorchilik bildirdi.