Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan oilaviy bolalar uylarini qishga mavsumga tayyorlash ishlari boshlandi. Masʼullar bilan birgalikda isitish tizimlari, mo‘rilar, pechka va gaz uskunalarining yaroqliligi ularning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi tekshirildi. Markazlashtirilgan isitish tizimiga ulanmagan oilaviy bolalar uylarini zaruriy isitish uskunalari bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. Shu o‘rinda, Qo‘qon shahridagi oilaviy bolalar uylaridan biriga isitish pechlari yetkazib berildi va o‘rnatildi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Sh. Akbarovning so‘zlariga ko‘ra, sovuq kuz va qish kunlarida bolalar kasal bo‘lmasligi uchun oilaviy bolalar uylarida harorat iliq va qulay bo‘lishi kerak.