Milliy gvardiya Sirdaryo va Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmalari harbiy xizmatchilari tomonidan Oilaviy uylar farzandlarining holidan xabar olinib, yashash sharoitlari, o‘qishga borib kelishlari va uy ishlarida ota-onalariga yordam berishlari haqida suhbatlar olib borildi. Bolalarning ta’lim jarayoni, tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari borasida sport va fan to‘garaklariga ishtirok etayotganliklari bo‘yicha yaqindan tanishib chiqildi.