Avval xabar qilganimizdek, Mehribonlik uyi va Oilalar bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini kasbga yo‘naltirishga ko‘maklashish,bolalar, o‘smirlar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Iqtidor” loyihasi Jizzax viloyatida boshlangan edi. Zominning so‘lim go‘shasida joylashgan Bolalar oromgohida yuzlab o‘smirlar, jumladan, Xorazm viloyatidagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari yig‘ildi.
Tadbir davomida oʻgʻil-qizlar shashka-shaxmat, stol tennisi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha bellashdi.
Dam olishning soʻnggi kunida yoshlar adirlarga sayr qilib,tabiat manzaralari va toza togʻ havosidan bahramand boʻlishdi.