Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, Angor tumani va Termiz shahrida istiqomat qilayotgan Z.Normatova, M.Xoliqova va Z.Davlatovalar xonadonida ulg‘ayib kelayotgan 14 yoshdan katta bolalar uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “LAYNER” dam olish maskani “Iqtidor” o‘quv oromgohiga sayohat tashkil etildi.
Yozgi taʼtil mavsumidagi bu galgi sayohat yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Turli madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari, besh tashabbus doirasidagi turli loyihalarda o‘g‘il-qizlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Sayohat davomida bolajonlar ko‘plab do‘stlar orttirib, o‘z orzulari, maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.