O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi "Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, G‘ijduvon tumanida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish yuzasidan bir qator islohotli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat hokimligi Bolalar masalalari kotibiyati, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va G‘ijduvon tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi hamkorligida 15 nafar bolajonlarga zamonaviy planshetlar, velosiped, dars tayyorlash uchun stol-stullar hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha zarur vositalar topshirildi.