Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan “1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan viloyatdagi barcha Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun Qarshi shahrida joylashgan "Vatanparvarlar bogʻi"ga hamda Shahrisabz shahrida joylashgan Amir Temur maydoniga sayohati tashkil qilindi.
Tadbir davomida bolajonlar madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda, Amir Temur maydonidagi barcha diqqatga sazovor joylar, tarixiy va arxeologik yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar.Shuningdek, ular buyuk sarkarda Amir Temur haqida ham ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan ekskursiya bolalarga manzur bo‘ldi.