Samarqand shahri Turizm markazidagi “Boqiy shahar”majmuasida Oilaviy bolalar uylari va SOS mahallasi tarbiyalanuvchilari uchun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Hech bir bola mehr va e'tiborsiz qolmaydi" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Farmon Toshev va Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Rahmonova bolalarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga berilayotgan imtiyozlar haqida so‘z yuritilib, vatanparvarlik hamda harbiy kasbga sadoqat tuyg`ulari to`g`risida suhbatlashildi.
Shundan so‘ng, barcha ishtirokchilar Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasida o`tkizilayotgan “Ochiq eshiklar” kuniga taklif qilindi.
Tadbir davomida qurol-aslahalar hamda harbiy texnikalar ko`rgazmasi namoyish etildi.