Mirobod tumanida joylashgan 294-maktabda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi vakillari o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda mutasaddilar ota-onalarga bolalarning maktab taʼlimi, har tomonlama kamol topishi va jismoniy rivojlanishi muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntiri, tavsiyalar berishdi. Shuningdek, din va eʼtiqod masalasi ko‘tarilib, noanʼanaviy diniy oqim va ularning xavfi, bolalarga din nima ekanligini to‘g‘ri yetkazish yo‘llari tushuntirildi.