O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Yaxshilik, ezgulik hech qachon mukofotsiz qolmagan

11.8.2023 1366

Xalqimiz azaldan saxovati bilan shuhrat qozongan. So‘nggi yillarda kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarga, yetimlar va mehribonlik uylariga yordam ko‘rsatish anʼanasi yana ham keng ommalashdi. Odamlarning siniq qalbiga xursandlik va shodlik baxsh etish ko‘paymoqda. Bu jarayonda davlat tomonidan ham ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yordamga muhtoj oilalarni “Temir daftar”dan chiqarish, uy-joy bilan taʼminlash, nochor oilalar vakillari uchun ish o‘rinlari yaratish, vaqti-vaqti bilan holidan xabar olib turish qatʼiy odat tusini olayapti.

Qamashi tumanilik To‘lqin Ro‘zimurodov hamda Gulsara Choriyevalar boshqalarga ibrat bo‘lgulik oila, desak aslo mubolag‘a emas. Ularning to‘rt nafar farzandlari bo‘lib, barchalari hayotda munosib o‘rinlarini topishgan. Dildora o‘qituvchi, Yulduz bank xodimasi, Fatxulla esa neft-gaz sohasini tanlagan. Uchalasi ham oliy maʼlumotli, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislardir. Kenjatoy Charos esa hozirda maktab o‘quvchisi. Farzandlar kamolida, shubhasiz ota-onaning mehnati, yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish ustuvor deyish mumkin.

Bu oilada go‘zal anʼanalar va yuksak tarbiya bilan birgalikda mehr-muhabbat ham oilaning qadriyatlaridan. Shundan kelib chiqib, Ro‘zimurodovlar oilasi qatʼiy qarorga kelishdi. Yaʼni, Mehribonlik uyidan kam emas, besh nafar o‘g‘il-qizlarni asrab olishdek savobli ishga qo‘l urishdi. Er-xotin zimmasiga esa yana-da ulkanroq masʼuliyatlar yuklandi. Oiladagi jipslik, o‘zbekona qadriyatlarga, mehr-muhabbatga yo‘g‘rilgan muhit tufayli qisqa fursatda farzandlar oilaga moslashib ketishdi.

-Zebo qizimni tikuvchilik hunarini o‘rganishga qo‘ydim, -deydi biz bilan suhbatda Gulsara Choriyeva. -Marjona esa musiqa maktabining chang to‘garagiga, Madina skripka to‘garagiga qatnashmoqda. Har ikkisi ham o‘n bir yoshda, tengdosh. O‘n yoshli o‘g‘limiz Ruslan esa sport maktabida, shaxmat-shashka to‘garagi aʼzosi. Hammalarining maktabdagi o‘qishlari yaxshi. 6 yoshli Shamshirbek bog‘cha tarbiyalanuvchisi.

Darvoqe, oiladagi go‘zal tarbiya va mehr mevasini berdi. O‘tgan yili Ruslan va Shamshirbekning sunnat to‘yi o‘tkazilgan bo‘lsa, yaqinda Zeboni turmushga uzatishdi. Hozirda Zebo bir oilaning bekasi bo‘lib, ota-onasiga rahmat olib kelmoqda.

Yaxshilik, ezgulik hech qachon mukofotsiz qolmagan. T.Ro‘zimurodov va G.Choriyevalarning bu ulkan savobli ishlari ham ming chandon bo‘lib qaytishiga ishonamiz.