"Yangi yil" bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan mehribonlik muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi Markazi mutaxassis psixologlari tomonidan bir qator bayramona dasturlar tashkil etildi.
Barcha birdek intiqib kutadigan Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda. Milliy gvardiya qoshidagi Bolalar psixologiyasi Markazi mutaxassis psixologlari ham mehribonlik muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli bayram tomoshalarini oʻtkazdi.
Poytaxtimizdagi 30-sonli “Mehribonlik” uyida bu galgi Yangi yil bayramiga tayyorgarlik har doimgidan ham qiziqarli boʻldi, turli mashgʻulotlar boʻlsa, nafaqat tarbiyalanuvchilarni, balki tarbiyachi va xodimlarni ham jalb qildi.
Dastlab tarbiyalanuvchilar bayramga bir oila boʻlib tayyorgarlik koʻrish zavqini his qilish maqsadida zanjabilli pishiriqlar yuzini bezadilar, turli salat va boshqa oson tayyorlanadigan taomlarni ham pishirishdi, yangi yil archasi bezaklarini yasashdi, chizishdi, bezashdi va ushbu mashgʻulotlar aslida adaptatsiya treningi ekanini sezmadilar ham.
Shuningdek, bolalar psixologlar bilan birgalikda haykaltaroshlik, chizish va kesishda, bundan tashqari mutaxassislar ularga boshqalar bilan oʻzaro munosabat va aloqa koʻnikmalarini, qiyinchiliklarni qanday yengish va turli vaziyatlardan chiqishni oʻrgatdi, shuningdek, bolalar bilan yana qanday mashgʻulotlar oʻtkazish kerakligini boʻyicha reja tuzib oldi.
Shundan soʻng, muassasaning yuksak iqtidorli hamda talantga boy tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Faxriy mehmonlar qatorida Milliy gvardiya qoʻmondonligi ham ishtirok etib, yoshlarni samimiy qutladi va bu ajoyib kun bolalarga maxsus tayyorlangan sovgʻalar taqdim etish, bayram dasturxoni, musiqiy kecha bilan yakunlandi.
Shu bilan birga, psixologiya markazi mutaxassislari anʼanani biroz oʻzgartirishga qaror qilib, Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik” uyining 150 nafar tarbiyalanuvchilarining barchasiga sovgʻalar ulashishga hamda oʻz ustida ishlagani, oʻz-oʻzini rivojlantirishga intilgani uchun munosib taqdirlashdi.
Bayram dasturida bolalarni yorqin gulchambarlar, sharlar, bayramona bezaklar, kompozitsiyalar va boshqa yangi yil kayfiyatini ulashuvchi buyumlar bilan bezatilgan zalga kiraverishda ertak qahramonlari va akrobatlar kutib olishdi. Bolajonlarni Toshkent davlat sirki illyuzionistlari hayajonli “hiylalari”, “Marvarid” raqs guruhi esa goʻzal raqslari bilan lol qoldirdi.
Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari interaktiv oʻyinga asoslangan ingliz tili darslarini va birdamlik, jamoada oʻynash, tez oʻzgaruvchan sharoitlarda harakat qilish va qaror qabul qilish boʻyicha treninglar oʻtkazdilar. Xoreograf raqs boʻyicha mahorat darsini oʻtkazdi va bolalar flesh-mobda mahorat bilan raqsga tushishdi.
Psixologlarning taʼkidlashicha, bolalarni Markazga muntazam tashrif buyurishlari va treninglarda faol ishtirok etishlari uchun ragʻbatlantirish orqali ular oʻzlari ustida yanada muntazam ishlashni boshlaydi.
Tadbir soʻngida, Qorbobo va Qorqizning tabrigi hamda bayram sovgʻalari bolalarga chinakam xursandchilik ulashdi.