O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5215-sonli Qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida “Oilaviy bolalar uyi” tashkil etildi. Kitob tumani “A.Qushchi” MFY Muqumiy ko‘chasi-55 uyda yashovchi A.Ismoilov 5 nafar bolalarni, Qamashi tumanida joylashgan 4-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan bolalarni o‘z qaramog‘lariga olib, ushbu bolalarni oila muhitiga tarbiyalashga kirishdi.
Bayram arafasida tashkil etilgan ushbu “Oilaviy bolalar uyi”ning bugun tantanali ravishda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan keng jamoatchilik vakillari, “Oilaviy bolalar uyi”ini tashkil etgan xonadon egalariga, boshlagan hayrli va saxovatli ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.