Qoʻqon shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi bitiruvchisi Maftuna Abdurahmonovaga Bagʻdod tumani markazida joylashgan yangi xonadon kalitlari tantanali topshirildi. Mazkur tadbirda Uchkoʻprik tumani hokimligi, Fargʻona viloyati Milliy gvardiya boʻyicha boshqarmasi, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Maftuna kalitlarni qabul qilar ekan, koʻzlarida yosh bilan koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik bildirdi.