Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan "Yetim bollar va ota- ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab - quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora - tadbirlarni to‘g‘risida"gi PQ - 5216 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 27 noyabr kuni Jizzax shahar 29 - sonli "Mehribonlik uyining" sobiq 17 nafar bitiruvchilariga Jizzah shahar hokimining qarori bilan 17 dona 2 va 3 xonali zamonaviy maishiy texnikalar bilan jihozlangan yashash xonadonlari topshirildi. Ushbu tadbir Jizzax musiqali drama teatri zalida barcha ishtirokchilar guvohligida masʼul xodimlar tomonidan amalga oshirilib, xonadon egalari xursandchilik bilan o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi.