O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Joriy qilingan yangi tizim asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

1.11.2021 1972

Mamlakatimizda joriy qilingan yangi tizimga asosan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida bugungi kunga kelib mutlaqo yangi metodikalar ishlab chiqildi va davlatimiz rahbarining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarori qabul qilindi.

Unga asosan bolalarning oilaviy sharoitga xos tarbiya olishlari, ularni fan, IT, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish  borasida joylardagi hokimliklar, Halq taʼlimi, Milliy gvardiya va boshqa hamkor vazirliklar bilan birgalikdagi tizimli ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning Samarqand shahrida joylashgan  Mehribonlik uyida qay darajada amalga oshirilayotganligi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, viloyat prokurori R.Masharipov va viloyat halq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyevalar mazkur muassasaga tashrif buyurib, ushbu Mehribonlik uyi direktori  M.Faxriddinova boshchiligidagi jamoaning tarbiyachi hamda psixolog xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qisqa vaqt mobaynida amalga oshirlgan ishlar natijasida ushbu Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining 17 nafari o‘z ota-onasi bag‘riga kaytarilgani, 4 nafari   farzandlikka olingani va 2 ta oila besh nafardan 10 ta o‘g‘il-qizni  oila aʼzosi sifatida qabul qilganliklari yodga olindi.

Uchrashuv davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni, yurtboshimiz tashabbusi bilan joriy qilingan ushbu yangi tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad va bu yo‘nalishda belgilab berilgan vazifalarning mazmun mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tib, bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashda tarbiyachi hamda psixologlarning o‘rni va vazifalari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tashrif yakunida Milliy gvardiya qo‘mondoni, mazkur Mehribonlik uyiga murojaat qilib kelgan hamda shu yerdagi bolajonlardan 5 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olish istagida bo‘lgan oilani uchratib, ular bilan yaqindan suxbatlashdi va halqimizga xos oliyjanoblik bilan ezgu ishga qo‘l urayotganliklarini qo‘llab-quvvatlashini aytib, o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Shuningdek, bu kabi mehridaryo fuqarolarimizga  o‘rnatilgan tartibda ko‘mak berilishi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni, viloyat mutasaddi rahbarlari bilan  birgalikda SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand shahar filiali va Yoshlarga hamroxlik qilish xizmati faoliyati bilan tanishdi. Unda mazkur muassasa rahbari D.Davronova bilan uchrashib, bu yerdagi tarbiyalanuvchi yoshlar uchun ham joriy qilingan yangi tizim doirasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi, hozirda ularning bilim olishlari hamda kasbga yo‘naltirish borasida zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishi va bunga Milliy gvardiya bo‘linmalari hamkor vazirliklarni jalb qilgan holda yaqindan yordam berishi yuzasidan vazifalar belgilandi.