Navro‘z bayramiga bag‘ishlab bugun, 12-mart kuni Buxoroda «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada va bir maqsad sari yuguramiz» shiori ostidagi «Yangi nafas» ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Marafonda aholi, yoshlar, oilaviy bolalar uyi o‘g‘il-qizlari, xususan Mattiyevlar oilasi farzandlari ham faol ishtirok etishdi.