“Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari yozgi taʼtilni “Gulbahor” sog‘lomlashtirish oromgohida maroqli o‘tkazayotganiga siz ham guvoh bo‘ling.
Mazkur oromgohga deyarli har kuni Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tashrif buyurib, madaniy-maʼrifiy kechalar, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari tashkil etmoqda.
Tadbir davomida bolajonlar Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy orkestri jamoalari bilan birgalikda ona Vatan haqidagi turli qo‘shiqlar, animatsion filmlar, zamonaviy xitlar va o‘zbek xalq qo‘shiqlarini kuylashdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va bolajonlar o‘rtasida bo‘lgan muloqotda xizmat haqida, ularning kundalik hayoti qanday kechishi haqida suhbatlashdilar. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar ham kelajakda kim bo‘lishni orzu qilayotgani, qaysi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishni rejalashtirayotgani bilan o‘rtoqlashdi.
Birgalikda o‘tkazilgan bu soatlar ham harbiy xizmatchilarning ham bolajonlarning xotirasida abadiy qoldi.