Kitob tumanidagi Oilaviy bolalar uylarining 38 nafar farzandlari tuman oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan bolalar salomatligini mustahkamlash uchun har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tish, kasalliklar aniqlangan taqdirda, o‘z vaqtida davolanishni boshlash zarurligi bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilib, chora-tadbirlar belgilandi.