Poytaxtimizning Uchtepa tumanida yashovchi Parajillayevlar oilasi uy vazifalarini “oʻgʻil” va “qiz” ga bo‘linishini ma’qullamaydi. Voyaga yetgan oʻsmir o‘zini-o‘zi eplay olishi, xonasini yig‘ishtirib, o‘zi mustaqil taom pishira olishi kerak.
Agar qizlar yerni yumshatib,koʻchat ekishni yaxshi koʻrsa, unga qarshilik koʻrsatmaslik lozim. Ehtimol u kelajakda agronom boʻlar. Agar oʻgʻil bola oshxonada ijod qilishni yaxshi koʻrsa, oilada oshpaz, hatto kelajakda dunyoga mashhur restavrator ham yetishib chiqishi mumkin. Asosiysi, bajarayotgan yumushi oʻziga maʼqul boʻlishi kerak.
Oʻn besh yoshli Andrey ham shirinlik tayyorlashni, qarindoshlarini mehmon qilishni yaxshi koʻradi va bundan doim zavqlanadi.